"Green Card" Lotereyasi Bu Nima

Green Card lotoreyasi-bu shaxs va AQSH da doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni olishga izn beruvchi hujjatdir. Green Card sohiblari AQSH hududida yashash, ishlash va o'qish huquqlariga ega bo'ladilar.

Undan tashqari, Green Card AQSH prezidentini saylash va saylovlarda ovoz berish huquqidan tashqari, AQSH fuqarosiga barcha huquqlardan foydalanishga imkoniyat beradi. AQSH halqining madaniyatini boyitish maqsadida, turli millat imigratlari uchun, hammasi bo'lib yilda 55 000 ta Viza o'ynaladi.

Shunday qilib Amerika boshqaruvi, immigratlar tufayli mamlakatga yangi malaka va madaniyat kirib keldi deb hisoblaydi.

Bu o'tmishda xam tasdiqlangan: har bir millat AQSH rivojiga o'z hissasini qo'shgan. Green Card lotoreyasi-bu maxsus oliy ma'lumot yoki ingliz tili bilimini talab etmaydigan AQSH ga Viza olishning eng qulay yo'lidir.

AQSH prezidenti Donald Trampning boshqaruvga kelishi munosabati bilan, Green Cardni qo'lga kiritishda, qoidalarda katta o'zgarishlar kiritilishi kutilmoqda. Bu xaqida to'liq ma'lumotlarni bizning kegingi maqolalarimizda o'qing va saytimizdagi yangiliklarni kuzatib boring!