Green Card dasturi haqida
Grin karta (shuningdek, Yashil karta, grinkard, ingl. green card, rasmiy nomi: United States Permanent Resident Card) — AQSh fuqorosi bo'lmagan shaxsning, AQShda yashash huquqini beruvchi, shaxsiy guvohnoma yoki identifikatsion karta. Ushbu "yashil karta" bir necha yil, ko'p bosqichli hujjatlar to'plamidan so'ng beriladi.
Kongress qarori bilan joriy etilgan "Turli millatlarga mansub immigrantlar viza dasturi - (Diversity Visa)" har yili Davlat Departamenti tomonidan boshqariladi. Immigratsiya va Fuqarolik Kodeksining (IFK) 203(s) bo'limi Amerika Qo'shma Shtatlariga tarixan immigratsiya ko'rsatkichi past davlatlardan bo'lgan "turli millatlarga mansub immigrantlar" deb ataluvchi immigrantlar sinfini joriy etadi. DV dasturida ro'yxatdan o'tish bepul.
G'oliblar AQSh da doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni qo'lga kiritadilar. Green Card sohiblari AQSh hududida yashash, ishlash va o'qish huquqlariga ega bo'ladilar. Shu bilan birga Green Card AQSh prezidentini saylash va saylovlarda ovoz berish huquqidan tashqari, AQSh fuqarosidagi barcha huquqlardan foydalanishga imkoniyat beradi. AQSh xalqining madaniyatini boyitish maqsadida, turli millat imigratlari uchun, jami bo'lib bir yil davomida 55 000 ta viza o'ynaladi va O'zbekistonlik ishtirokchilar xar yili ushbu vizalarning 5000 tasiga egalik qilishadi.
Bu dasturda ishtirok etishingiz uchun, Siz anketa to'ldirishingiz hamda uning natijalarini kutishingiz lozim. Natijalar esa har yili 5 mayda chiqadi.
Potensial jixatdan yutgan shaxslar saralash orqali Green Card g'oliblari kompyuter yordamida AQSh davlat departamenti bilan o’tkaziladi. Siz bu dastur orqali - Green Card yutib g'olib bo'lsangiz va - Green Card egasiga aylansangiz, Siz AQShning doimiy yashovchisi bo'lasiz hamda ular bilan teng huquqga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.
Siz AQShda xar qanday ijtimoiy dasturlar ta'minotiga ega bo'lish huquqini qo'lga kiritasiz. Bularga sog’liqni saqlash va ta'lim tizimi ham kiradi. Sizda yana bir ajoyib imkoniyat bor: yani siz biror qarindoshingiz: opangiz, ukangiz yoki akangizni AQShga taklif eta olasiz.
Green Card yutganlarning imkoniyatlari:
- Siz AQShda yashash, o’qish va ishlash bilan birgalikda AQSh fuqarolari kabi teng huquqlikga ega bo’lasiz.
- Siz AQSh ga butun oilangizni olib ketish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
- Siz AQShga vizasiz rejimda borib kelish huquqini olasiz.
Yutish imkoniyatlari
O’zbekistonda 50.000 immigratsion kvotalari ajratilgan bo’lib, 40.000 fuqaro bu imkoniyatdan foydalangan. Bu 1994 yildan boshlangan vaziyatga baho.
Statistikaga doir ma'lumotga ko'ra xar yili 5000 shaxs - Green Card yutadi.
Shu xolatda xam bu Biz uchun kam. Bu insonlar AQShda qonuniy yashashga ega bo'ladilar. Shu boisdan xam Biz Sizni - Green Card dasturi bo’yicha AQShda qonuniy yashab o’z kelajagingizni o’zingiz belgilashingizni so’raymiz.