Savol va Javoblar

Green Cardga oid barcha savollarga javoblar ushbu bo'limdan o'rin olgan. Ishtirokchi va g'oliblar tomonidan tez tez beriladigan savollar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

  • Green Card bu nima?
    Bu dastur Amerika Qushma Shtatlariga rezident statusni olish uchun imkoniyat beradi. Har yili jami 55000 ta vizagacha AQSh xalqining madaniyatini boyitish niyatida, har hil millatdagi immigrantlar uchun o'yin o'tkazilmoqda! Immigrantlar tufayli shaxarda yangi malaka va madaniyat kirib keldi. Har bir millat AQShning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shdi. Arizalarni qabul qilish oktabr oyida boshlanib, bir oy davom etadi. Ingliz tili mutaxassisligi va til bilishni talab qilmaydigan Green Card lotoreyasi-bu AQSh ga Viza olishning eng qulay yo'lidir!

    Nima uchun AQSh Green Card da yutib olish imkonini bermoqda? Amerika Qo'shma Shtatllari o'z aholisining harakatlari va mehnati tufayli qudratli davlatga aylandi. Amerika, kuchli, niyatlari yo'lida xech qanday qiyinchiliklardan qaytmaydigan insonlar orqali barpo etildi. Ko'p omadli va hurmatli Amerikaliklar davlatga kam mablag' bilan kelishgan, lekin pul ishlash ishtiyoqida ular mashxur va boy insonlarga aylanishdi. Amerika katta imkoniyatlar shaxridir, Green Card o'yini orqali siz o'zingizni namoyon eta olasiz. Amerika malakali, yangi g'oyalarga boy, ishlashga qunti bor va o'z orzusi uchun kurashuvchi insonlarga muhtoj. Agar siz qiyinchiliklarga tayyor bo'lmasangiz, shunchaki Green Card da omadingizni sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz, biz sizga o'ynamasligingizni va boshqalardan AQSh shtatiga ruhsat berilayotgan ish, yashash va o'qish imkoniyatlarini tortib olmasligingizni maslahat beramiz!

    Green Card bu hayotingizni o'zgartirishingiz uchun bir imkoniyatdir, yangi imkoniyatlarni qo'lga kiritish va o'z harakatlaringizni amalga oshishiga erishishdir. Lekin bularning barchasi katta mashaqqat, sabr va vaqt talab etadi. Green Card o'yinida ishtirok etishdan avval, siz o'zingizdan Amerikaga kelishga tayyorligingizni so'rashingiz kerak. Chindan ham siz Amerikada yashamoqchimisiz? Bizning saytimizda AQSh dagi hayot, ish va o'qishga atalgan bo'lim bor. Biz sizga ko'rsatilgan ma'lumotlarimiz bilan tanishib chiqishingizni va to'g'ri tanlov qilishingizni maslahat beramiz!
  • Green Card qanday imkoniyatlarni beradi?
    1) AQShning istalgan manzilida yashash;
    2) Ishlash xuquqi;
    3) Ko'chmas mulkka egalik qilish;
    4) Davlat maktabida ta'lim olish;
    5) Haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lish;
    6) Aloqaviy va meditsina sug'urtasiga ega bo'lish.
  • Qanday qilib men Green Card lotoreyasida ishtirok etishim mumkin?
    Green Card lotoreyasiga ro'yhatga olish america.uz sayti orqali o'tkaziladi. Anketangizni to'ldirayotganingizda juda extiyot bo'lishingizni so'raymiz. Ism yoki familiyada, tug'ilgan sana va boshqa ma'lumotlardagi xatolar tufayli o'yinda ishtirok etmasligiz mumkin.
  • Green Card anketasi uchun telefonda rasmga tushsa bo'ladimi?
    Rasmga bo'lgan e'tibor yuqori bo'lganligi sababli, agar siz yutib olgan bo'lsangiz, o'tkaziladigan suhbat muvaffaqiyatli o'tishiga biz ishonch bera olmaymiz. DV-2025 uchun tayyorlagan rasm qat'iy qoidalarga mos bo'lishi shart, aks holda sizning anketangiz o'yinga kiritilmay qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun rasm tayyorlayotganda juda e'tiborli bo'ling va biz faqat malakali fotostudiyalarda sur'atga tushishingizni maslahat beramiz!
  • Mening anketam to'g'ri to'ldirilganligini qayerdan bilsam bo'ladi?
    Siz haqiqatda o'yinda ishtirok etkanligingizni bilish uchun, bizning hodimlarimiz sizning anketangizni tekshirib, sizga tasdiqlov hujjatini junatishlari kerak. Agar siz ushbu o'yinda ishtirok etmoqchi bo'lsangiz, bizning america.uz saytida o'z anketangizni bexato to'ldiring va pochta yoki telegram orqali o'yin shartlari ma'lumotlariga ega bo'ling!
  • Green Card o'yinida ishtirok etish uchun Ingliz tili ma'lumotiga ega bo'lish shartmi?
    Green Card ishtirokchisi bo'lish uchun Ingliz tili ma'lumotiga ega bo'lish shart emas, lekin siz o'yinda g'olib bo'lsangiz, siz ixtiyoriy ravishda Ingliz tili ma'lumotiga ega bo'lishingiz lozim!
  • Green Card o'yinida g'olib bo'lish uchun imkoniyatlarni qanday kengaytirsa bo'ladi?
    G'oliblikda xal qiluvchi omil bu-omaddir. Bizning firmamizning malakaviy ishlarida kuzatilishicha, g'oliblikni ko'pincha avvalgi o'tkazilgan o'yin g'olib sohibining qarindoshlari ega bo'lishi mumkin. Shuning uchun biz o'yinda barcha qarindoshlaringizni ishtirok etishlarini maslahat beramiz, bu o'yinda yutib olishning imkoniyatini yanada kengaytiradi!

    Berilgan Anketalar soni O'rta Osiyo va Yevropada yarim bo'lgan paytda, AQSh hududida bizning mijozlarimizning anketalari beriladi. Shu sababli biz Sizning yutig'ingizni 2 -barobarga oshirishimiz mumkin. Bizning homiylarimiz Kentukki shtatidagi Green Card (Kentucky Consular Center)ofisi bilan to'g'ridan-to'g'ri ish olib boradi. Bu AQSh ning tanlovlar bilan ishlovchi boshqaruv departamentidir. Shuning uchun bizning hodimlarimiz har qanday mushkul vaziyatda sizga yordam beradi!
  • Oiladagi barcha a'zolarni rasmga olish va anketaga kiritish shartmi?
    Shu band uchun zarur talablar: Agar siz turmushga chiqmagan/ uylanmagan bo'lsangiz, anketa faqat siz uchun to'ldiriladi, boshqa hech qanday ma'lumot sizga shart emas. Agar siz turmushga chiqqan/uylangan bo'lsangiz, juftingizning va 21-yoshgacha bo'lgan farzandlaringizning barcha ma'lumotlarini anketaga kiritishingiz shart. Agar avvalgi oilangizdan farzandlaringiz bo'lsa, ularni ham anketaga kiritishingiz shart. Agar siz qandaydir sabablarga ko'ra oila a'zolaringizni anketaga kiritmay tushurib qoldirsangiz, siz Viza olishdan mahrum bo'lasiz!
  • G'oliblar tanlovi qanday o'tkaziladi va mening imkoniyatlarim qanday?
    G'oliblarni "sanalar generatori " nomli komponentidan foydalanuvchi maxsus komputer programmasi tanlab oladi. Har bir bosqichda har bir anketaga seriya raqami beriladi. So'ng o'yin qoidalariga binoan tekshiruv boshlanadi. Jarayon vizalar to'plami tugaganida to'xtatiladi. Jami 55 000 ta viza o'ynaladi, hech bir davlat 7% dan ortig'iga ega bo'la olmaydi.
  • G'oliblikdan so'ng qancha vaqtda keta olaman?
    Green Card o'yinidagi g'oliblik siz viza olishingiz uchun kafillik bermaydi. Bizning hodimlarimiz sizga viza olish uchun hujjatlani qisqa muddat ichida tayyorlashga va sizni Amerika elchihonasida o'tkaziladigan intervyu(suhbat) ga tayyorlaydi. Lekin avvalo siz, Amerika advokati bilan suhbatdan o'tishingiz kerak, u sizga fikringizni jamlashga, elchihonada o'zini qanday tutishni va tayyorlanishni o'rgatadi, Amerika elchihonasida bo'lib o'tadigan suhbatda qanday suhbatlashishni o'rgatadi. Jiddiy intervyuga tayyorlov- bu Vizani muvaffaqiyatli qo'lga kiritishdir. Bu masala sizni qo'llab quvvatlashimiz, siz uchun juda muhim! Suhbatdan o'tganingizdan so'ng tahminan bir haftadan kegin ketishingiz mumkin. Green Card tayyorlovida Sizning ishingiz amaliyotda bo'lishi uchun 6 oy davomida AQSh chegarasidan bir marta bo'lsa ham o'tishingiz kerak. Agar siz 6 oy davomida chegaradan o'tmasangiz , sizning vizangiz bekor qilinadi!
  • Meni qanday to'lovlar kutmoqda?
    1) Green Card programmasiga ko'ra, viza narxi - $330
    2) Shifokor ko'rigidan o'tish - $205
    3) Chiptaga o'rtacha narx - $800
    4) Emlash - 40$dan 150$ gacha emlash uchun (yakka tartibda emlash miqdori)
    5) Green Card kartasini olish uchun to'lov 125$
    6) Kvartira ijarasi, o'rtacha narxda, bir oyga $1000

    Narxlar katta tarafga qarab biroz o'zgarishi mumkin. To'lov faqatgina Toshkentda, AQSh elchihona hududida AQSh dollarida qabul qilinadi. Banknotalar yaxshi holatda bo'lishi shart!
  • Men Green Card o'yinida g'olib bo'lganimni qanday bilaman?
    8-may kuni, Amerika vaqti bo'yicha o'yin g'oliblari ma'lum bo'ladi. 10-mayga qadar barcha g'oliblarning tekshiruvi tugatilib, tasdiqlanadi. Shu vaqtdan boshlab bizning hodimlarimiz telefon yoki anketangizda ko'rsatilgan boshqa ma'lumotlar orqali siz bilan bog'lanadilar.
  • Agar mening ma'lumotim bo'lmasa men o'yinda ishtirok eta olamanmi?
    O'yinda ishtirok etish uchun 11 sinfni tugatilganligi to'g'risida attestat yoki kollej diplomi yetarli. Agar sizning ma'lumotingiz bundan past bo'lsa siz mustaqil ishtirok eta olmaysiz, faqatgina sizning juftingizni o'rta ma'lumotli bo'lsa, ishtirok etishingiz mumkin.
  • Agar men g'olib bo'lsam, boshqa birovga sovg'a qila olamanmi?
    Yo'q, Green Card ni sovg'a qilish yoki boshqa shaxs nomiga o'tkazish mumkin emas. G'oliblikka ko'ra faqat siz va sizning oilangiz Viza olishlari mumkin: er/xotin va farzandlar (21-yoshgacha)!
  • Turmush o'rtog'im g'olib bo'lsa, men uning o'rniga intervyudan o'tib, viza olsam bo'ladimi?
    Yo'q, siz turmush o'rtog'iz o'rniga intervyudan o'ta olmaysiz va Viza ham ololmaysiz, siz faqat intervyudan o'tib oilangiz va farzandlaringiz bilan keta olasiz!
  • Nima uchun anketa to'ldirish juda murakkab?
    Anketa to'ldirish-bu sizning ehtiyotkorligingizni tekshirish va sizning AQSh immigranti imkoniyatlariga bo'lgan munosabatingizni bilish. Anketa to'ldirish davomidagi xatolar albatta muvaffaqiyatsizlikka olib keladi va siz Viza ololmaysiz. Biz sizga bizning saytimizda o'z anketangizni belgilangan instruksiyalarga asosan to'ldirishingizni taklif qilamiz. Har qanday sharoitda, har qanday savollaringizni telegram +998 (97) 325 22 33 orqali so'rashingiz mumkin!
  • Mening anketam noto'g'ri to'ldirildi, nima qilsam bo'ladi?
    Siz zudlik bilan bizning hodimlarimiz bilan bog'lanishingiz kerak, agar siz g'olib bo'lsangiz Sizga Viza berilishi uchun biz xatolarni to'g'irlashga barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz!
  • Green Card lotoreyasida ikki yoki undan ortiq ro'yxatdan o'ta olamanmi?
    Lotereya qoidalariga ko'ra, siz faqat bir marta anketa to'ldirishingiz mumkin. Agar siz behosdan yoki atayin anketangizni qayta yuborsangiz, sizning anketangiz o'yindan chetlatiladi. Har yili o'yin o'tkazilayotgan davrda, har bir ishtirokchi faqat bir marotaba registratsiyadan o'ta oladi!
  • Mening o'g'lim/qizim Green Card g'olibi bo'ldi, men ular bilan birga viza olsam bo'ladimi?
    Afsuski, Vizani faqat lotoreya g'olibi va uning oilasiga (eri/ayoliga va farzandiga 21-yoshgacha) beriladi. Agar farzandingiz g'olib bo'lsa, Viza faqat uning nomiga beriladi. Shunga e'tibor berish kerakki, bolalar o'rta ma'lumotli bo'lganlaridagina lotoreyada mustaqil ishtirok eta olishlari mumkin. Diplom olgunlariga qadar bolalar faqat oila a'zosi sifatida qatnasha oladilar holos va mustaqil g'olib bo'la olishmaydi. Diplom olganlaridan so'ng, 21-yoshgacha bolalar oila a'zosi sifatida va mustaqil ishtirok eta olishlari mumkin (agar ular uylanmagan/ turmushga chiqmagan bo'lsa). Bolalarga diplom olingan vaqtdan boshlab, 21-yoshga to'lgunga qadar mustaqil va ota-onalarining anketalarida ishtirok etish imkoniyati beriladi: va shu AQSh ga Viza olishning 3-ta usulidir!
  • Amerika Qo'shma Shtatlarida da ish topish qiyinmi?
    Agar siz ishingizni ustasi bo'lsangiz, o'z kasbingizni yaxshi ko'rsangiz va qiyinchiliklarga tayyor bo'lsangiz u holda sizga ish topish muammo bo'lmaydi. Agar siz AQSh ga ko'chib o'tish sarf harajatlarini yopish uchun tezroq pul topish ishtiyoqida bo'lsangiz, siz muammosiz bunday imkoniyatni qo'lga kiritasiz. Agar siz tez va oson yo'l bilan topilgan tushumni istasangiz, u holda sizda ba'zibir muammolar ro'y berishi mumkin.