G'olib bo'lish ehtimoli
Green Card lotereyasida g'olib bo'lish imkoni ko'proq yashayotgan mintaqa, davlat, shahringizga bog'liq. Masalan O'zbekiston uchun xar yili 5000ta kvota ajratilgan va qaysi viloyatda ishtirokchilar ko'proq ariza bersalar o'sha viloyat uchun g'oliblar soni oshishi mumkin.

Ko'pchilik Lotereya tashkilotchilari g'oliblarni o'zlari tanlashadi deb o'ylashadi, aslida unday emas. Bir yil davomida butun dunyo bo'ylab millionlab arizlar kelib tushadi va ularni birma bir tekshirib chiqishni imkoni yo'q. Shu sababli ariza berganlarni kompyuter tasodifiy tanlash orqali tanlaydi va g'olib bo'lgan ishtirokchi o'zi haqida barcha kerakli ma'lumotlarni to'plab elchixonaga murojat qilishi talab etiladi.

Lotereya xar yili faqat bir marta o'tkaziladigan immigratsion tizim bo'lib, arizalar 5-oktabrdan 7-noyabrgacha 1 oy davomida qabul qilinadi. Lotereyada ishtirok etganlar yakuniy natijalarni keyingi yil 5-maygacha bilib olishlari mumkin bo'ladi va shundan so'ng g'olib ishtirokchilar elchixona suhbatiga yozilish uchun xarakatni boshlashlari mumkin.