G'oliblarga
Amerika Qo'shma Shtatlari katta imkoniyatlar mamlakati. U immigrantlar xisobiga qurilgan davlat va doim immigrantlarga o'z extiyojmandligini sezadi.

Green Cardga minnatdorchiligimizni ayti o'tib shuni bildirishimiz mumkunki bu dastur orqali dunyoning turli chekklaridan immigrantlar Amerika Qo'shma Shtatlari sari oqib kelmoqdalar. Bu AQSh uchun juda katta ko'rsatkichdir. AQSh o'zining ko'p millatlik davlat bo'lishining xisobiga dunyoda juda katta pozitsiyalarga egalik qilib keladi va shu pozitsiyada turishiga siz kabi insonlarning mehnatlari beqiyosdir.

Tabriklaymiz


"AMERICA UZ" MCHJ sizni Amerika Qo'shma Shtatlariga immigratsiyani amalga oshirishingiz uchun Green Card bilan tabriklaydi. Siz va sizning oilangiz AQShda yashash, o'qish hamda ishlash xuquqiga ega bo'lishadi.

Immigratsiya jarayoni


1
Kim AQSh ga Asosiy arizachi bilan ko'chib o'tsa, barcha oila a'zosining tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari.
2
Turmush qurilganligi haqidagi guvohnoma (agar suhbatdan er, turmush ayoli yoki balog'atga yetgan farzand o'tayotgan bo'lsa, u holda hujjat 2 nusxada - er va hotinga alohidadan bo'lishi kerak).
3
9-sinfni bitirganlik haqidagi sertifikat, o'rta ta'lim maktabini bitirganlik haqidagi attestat yoki kollej va Universitet tamomlaganlik to'g'risidagi diplom (baholash jamlanmasini ichiga olgan holda).
4
Shaxringizning Ichki ishlar markaziy boshqarmasi bo'liminidan olingan Sudlanmaganlik haqidagi ma'lumotnoma (Police Report). O'zbekiston uchun: 100029, Toshkent shaxri, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko'cha 1uy Tel.:252-07-01 Sayt: www.mdv.uz
5
Siz 18-yoshingizdan boshlab yashagan barcha davlatlaringizdan Sudlanmaganligingiz to'g'risidagi ma'lumotnoma keltirishingiz zarur.
Misol uchun agar siz SSSR davrida GDR da hizmat qilgan bo'lsangiz ham, Germaniyadan ushbu davlatda sudlanmaganligingiz to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz zarur. Bunday ma'lumotnomalarni bazi bir davlatlarning elchihonalaridan olish mumkin (masalan: Rossiya va Koreya elchihonalari bunday ma'lumotnomalarni muammosiz beradi), ba'zi davlatlar esa shaxsan arizachini yoki ishonchli shaxsni ishtirokini talab qiladi. (masalan, Germaniya, Polsha va boshqalar). Agar siz bunday vaziyatlarda qanday yo'l tutishni bilmasangiz, bizga tezroq murojaat qiling.
6
16-yosh va undan yuqori bo'lgan erkaklar uchun-harbiy guvohnoma Mudofaa Vazirligi harbiy majburiyatga ega shaxslarning chet elda doimiy yashashga e'tiroz qilmasligi to'g'risida ma'lumotnoma
7
Barcha ajrashganlik haqidagi guvohnomalar (Asosiy va ikkinchi arizachi)
8
Siz bilan birga suhbatga kiruvchilarning barcha oila a'zosining emlashdan o'tganliklari to'g'risida ma'lumotnoma.
Uni yashash joyingiz Poliklinikalaridan olish kerak. Bu ma'lumotnomani ingliz tiliga tarjima qilish shart emas. Agar Siz yoki Sizning oila a'zolaringiz nerv-asab kasalliklari ro'yhatida turgan bo'lsangiz-ushbu muassasadan ma'lumotnoma kerak.
9
Har bir oila a'zo uchun 2 tadan 5x5 sm rasm va sizning chet el pasportingiz birinchi betidan rangli nusxa.
10
Siz AQSh ning qayerida to'htashingiz to'g'risida manzil (Permanent address) berishingiz kerak.
Aynan shu manzilga sizga Green Card plastik kartasi junatiladi. Biz o'rta ta'limni tamomlaganlik haqidagi hujjatlar to'g'risida Mehnat Vazirligi talablariga asosiy e'tiborni qaratmoqchimiz. Agar sizda bunday ma'lumot bo'lmasa-biz sizga Green Card dasturida qatnashmaslikni maslahat beramiz. Elchihonaga qalbaki hujjatlarni berishga urinmang-ular aniqlanadi va Siz uchun Qo'shma Shtatlarga kirish butunlay berkitiladi. Har qanday savol yuzasidan bizga murojaat qiling va biz Sizga qanday yordam berishni o'ylab ko'ramiz.

Bizning yordamimiz


Bizning tashkilot hujjatlaringizni va anketa to'ldirishingiz uchun o'zining beqiyos yordamlarini ayamaydi va buni Diversity Immigrant Visa dasturi asosida amalga oshiradi. Bu xizmat turi bo'yicha O’zbekistonda 2012 yildan beri o'z yordamini ko'rsatib kelmoqda.

Xar oy o'nlab bizning mijozlarimiz AQSh elchixonasiga kelishadi. Bu bizga juda ham katta bebaho ma'lumotlarni beradi. Biz buni juda ham qadrlaymiz va natija uchun ishlaymiz. Biz Siz uchun kompleks imkoniyatlarni beryapmiz, - Bizning vazifamiz Sizni AQShda baxtli qilish.

Hujjatlar


Imigratsion visa
AQShga chiqish vizasi. Siz ushbu vizani qo'lga kiritganiz zaxoti, 6 oy davomida AQSh xududiga kirishingiz hamda bu viza statusini 12 oyga aktivlashtirishingiz kerak bo`ladi..
Green Card
Permanent Resident Card – Bu hujjat 10-yilga beriladi va doimiy AQShda yashash huquqini beradi. Agarda siz AQSh hududida 5 yildan ortiq istiqomat qilsangiz, u holda AQShning ayrim talablariga ko`ra siz AQSh fuqaroligiga o`z arizangizni berib AQSh fuqarosiga aylanishingiz mumkin bo`ladi.
Social Security Card
Bu ijtimoiy sug'urta kartasi xisoblanadi.
ID Card
Ushbu karta shaxsni aniqlovchidir, Bu kartada sizning qayerda yashashingiz va qayerda ishlashingiz haqida ma`lumotlar keltirilgan bo`ladi.
Driver Licence
Bu haydovchilik guhovnomasidir. Agarda sizda ushbu hujjat bo`lsa, unda siz bemalol AQSh hududida shaxsiy yoki ijara avtomobillarini boshqarish huquqiga ega bo`lasiz.
Passport
Ushbu passport, sizga chekka shtatlarga chiqishingiz uchun beriladi.