Lotereyada qatnashish shartlari
Green-Card lotereyasida ishtirok etish uchun berilgan arizadan so'ng ishtirokchi avtomatik tarzda ushbu shartga roziligini bergan bo'ladi.

"AMERICA UZ" MChJ immigratsion va Green Card xizmatini taklif qiluvchi tashkilot bo'lib, AQShda ta'lim olishni, ishlashni va istiqomat qilishni xoxlovchilarga AQShga qonuniy borish uchun o'z xizmatini taklif qiladi.

Bizning tashkilot Green Card ishtirokchilari va g'oliblarining shaxsiy ma'lumotlarini sir saqlanishini kafolatlaydi.

Bizning tashkilot lotereya ishtirokchilarining ma'lumotlarini lotereyada ishtirok etishini uchun xar yili ro'yxatdan o'tkazadi toki g'olib bo'lmaguncha. Ishtirokchi lotereyada ishtirok etishdan bosh tortish mumkin va shunday xolatlarda biz ushbu ishtirokchining ma'lumotlarini bazadan o'chirib tashlanadi.

Ishtirokchi shaxsiy ma'lumotlarini lotereyada ishtirok etish talablariga mos ravishda to'g'ri berishi kerak. O'zi haqida ma'lumotlarni noto'g'ri bergan va to'liq bermagan ishtirokchi lotereya qoidasini buzgan xisoblanadi va diskvalifikatsiya qilinadi.

Saytimiz orqali anketa to'ldirgan vaqtingizda sizga berilgan tasdiqlov raqami haqiqiy emas deb hisoblanadi. Siz bu tasdiqlov raqami orqali faqat bizga murojaat qilishingiz uchun ishlatiladi.

Agarda g'olib ishtirokchi AQSh elchixonasi tomonidan rad etilib viza berilmasa, unday xolatlarda green card g'olibi bizning xizmatimizdan foydalangani uchun qilgan barcha to'lovlari qaytarilib berilmaydi.

Lotereya ishtirok etish pullik, bo'ydoqlar uchun 60.000 so'm, oilaviy ishtirok etganlar uchun 80.000 so'm. To'lovlar anketa to'ldirilgandan so'ng to'lanishi ta'lab etiladi.