Green Card lotereyasi boshlanish sanasi ma'lum bo'ldi

AQSh Davlat Departamenti 2019 yil «Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar — DV» (Green Card) dasturiga ro'yxatga olish davri 2017 yil 3 oktyabr soat 12:00dan 2017 yil 7 noyabrgacha jamoat uchun (belgilangan mamlakatlar uchun) ochiq bo'lishini e'lon qildi.

Murojaatchilar DV Dasturida 2017 yilning 3 oktyabridan 7 noyabriga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin. DV-2019 lotereyalarida AQSh dunyo bo'yicha 50.000 ming migrantlarni qabul qilishni rejalashtirgan. O'zbekiston bo'yicha arizalarni bizning sayt orqali to'ldirishingiz mumkin. Bizning ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislarimiz sizning anketangizni Green Card ta'labi bo'yicha to'g'ri va xatosiz to'ldirishadi. Shuni yodingizda saqlang, DV Lotereyasiga ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi.

Dunyo bo'yicha talabning o'ta yuqoriligi bois o'z arizalaringizni oy boshida to'ldirishni maslahat beramiz. Sababi arizachilar ko'pligi bois internet sahifasi ishining sekinlashuviga olib kelishi mumkin.

Anketalar javoblari 2018 yil 2 maydan boshlab e'lon qilinadi.
скачать dle 11.3
1-10-2017, 15:47