Ta'lab etiladigan fotosurat
Qanday qilib rasmni to'g'ri yuklash mumkin?

Shaxsning rasmi DV-2026 da qatnashish uchun barchasi shartlarda ko'rsatilgan bo'yicha bo'lishi shart. Bu borada xar qanday e'tiborsizlik, sizning Green Carddagi ishtirokingizni yakunlashi mumkin. Ushbu ta'lab Green Card ma'muriyati tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Saytimiz orqali anketada to'ldirayotganingizda e'tiborli bo'lishingizni va rasmlaringizni quyida ko'rsatilgan qoida bo'yicha yuklashingizni so'rab qolamiz.

Eng oson usuli:
Agarda ushbu talablarni o'zingiz bajara olmasangiz, unda yashab turgan shahringiz, viloyatingizda joylashgan rasmxonalarga murojaat qilib, Green Card uchun rasmga tushishingiz kerakligini aytsangiz, sizni ushbu anketa talablariga mos keladigan xolda sur'atga olishadi. Bu hizmat rasmxonalarda taxminan 10,000 so'm. Rasmni fleshkangiz yoki telefoningiz xotirasiga yozdirib oling va anketa to'ldirish bo'limi orqali o'z rasmingizni joylashtirib Green Cardda o'z omadingizni sinab ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Texnik ko'rsatkichlar:
• Rasm JPEG formatida bo'lishi shart;
• Yuklanayotgan rasmning maksimal hajmi 240 kilobayt (240 KB) dan oshmasligi zarur;
• Ruhsat etilgan sur'at o'lchami: uzunligi 600 pixel, kengligi ham 600 pixel bo'lishi shart (600x600px) yoki 5x5;
• Ranglar chuqurligi: 24 bit.

 

To'g'ri fotosur'at