2016 yilda Amerikaga necha o’zbekistonlik immigratsiya qildi?
2016 yilda o’zbekistonliklarning AQShga immigratsiya qilishi qanday ko’rinishda bo’ldi? Quyidagi raqamlar shu haqda.
Doimiy yashash maqomini olganlar (Lawful permanent resident status)
MDH davlatlaridan jami 9,280 kishi AQShda doimiy yashash maqomini olgan. Shulardan 4,359 kishi O’zbekiston fuqarosi.
4,359 kishi doimiy yashash maqomi quyidagi yo’llar bilan qo’lga kiritilgan:
- Oila a’zosining murojaati asosida: 588 kishi
- Mehnat vizasi asosida: 133 kishi
- AQSh fuqarosining yaqin oila a’zosi uchun qilgan murojaati asosida: 903 kishi
- Grin karta lotoreyasi asosida: 2,500 kishi
- Qochqin va siyosiy boshpana asosida: 225 kishi
- Boshqa qonuniy yo’llar bilan: 10 kishi
AQSh fuqaroligini olganlar (Naturalized persons)
O’zbekiston fuqarosi bo’lgan 1,685 kishi AQSh fuqaroligini oldi. Buning ichiga AQShda tug’ilgan O’zbekiston fuqarosi farzandlari kirmaydi (ular AQShda tug’ilgani sababli avtomatik ravishda AQSh fuqarosi hisoblanadi).
Noimmigrant vizalari
Jami 12,410 O’zbekiston fuqarosiga noimmigrant vizalari berilgan. Shulardan 10,105 kishiga biznes va turizm vizalari; 1,355 kishiga talaba va malaka oshirish uchun almashinuv dasturi mehmoni vizalari (Student and Exchange Visitors); 283 kishiga vaqtincha ishlash vizalari (Temporary Workers and Families); 545 kishiga diplomat va davlat vakillariga beriladigan viza; 122 boshqa turdagi vizalar berilgan.
Vaqtincha ishlash vizalari
Jami 283 kishiga vaqtincha ishlash vizasi berilgan. Shulardan 82 kishiga H1B (Maxsus soha mutaxassislariga beriladigan viza); 9 kishiga O1 va O2 (favqulodda qobiliyat va muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislarga beriladigan viza); 30 kishiga P1 va P3 (Sportchi va san’at ustalariga beriladigan viza); 34 kishiga L1 (kompaniyalararo bir lavozimdan boshqasiga o’tkazish uchun beriladigan viza); 128 kishiga boshqa turdagi vaqtincha ishlash vizalari.
AQShga kiritilmagan yoki chiqarib yuborilganlar
Jami 18 kishi AQShdan qaytarib yoki chiqarib yuborilgan. Shulardan 5 kishi jinoiy qilmish uchun chiqarib yuborilgan.
Qochqinlar va siyosiy boshpana so’raganlar
2016 yilda AQShga jami 84,989 kishi qochqin sifatida kelgan. Shulardan 41 kishi O’zbekiston fuqarosi bo’lgan. 71 kishi esa siyosiy poshpana olishga haqli deb topilgan. Deportatsiya jarayonida siyosiy poshpana so’ragan kishilarning faqat 14 kishining murojaati asosli deb topilgan.
Yetim asrab olish
AQSh fuqarolari tomonidan O’zbekistondan biron kishi asrab olinmagan. Solishtirish uchun, AQSh fuqarolari Armanistondan oxirgi uch yilda yiliga 15 yetim bolani, Qirg’izistondan esa 22 yetim bolani asrab olganlar.