O'zbekiston fuqarolari uchun Viza berish bekor qilindimi?
27 yanvar 2017 yil AQSh Prezidenti etti mamlakat fuqarolarining Amerika Qo'shma Shtatlariga kirishini vaqtincha to'xtatuvchi farmonga imzo chekdi. Amerika Qo'shma Shtatlariga safar qilishni rejalashtirayotgan O'zbekiston fuqarolariga bu farmon tegishli emas, biroq buning uchun ular ayni paytda Eron, Iroq, Suriya, Sudan, Liviya, Yaman va Somali fuqaroligiga ega bo'lmasliklari lozim. O'zbekiston fuqarolari avvalgidagi kabi barcha toifadagi vizalar olish uchun murojaat qilishda davom ettirishlar mumkin.
27 yanvar 2017 yilda e'lon qilingan farmon Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman mamlakatlari fuqarolari uchun viza berilishini vaqtincha to'xtatib turishni nazarda tutadi. Farmon keyingi bildiruvga qadar zudlik bilan kuchga kiradi. Agar siz yuqorida sanab o'tilgan davlatlardan birining fuqarosi bo'lsangiz yoki juft fuqarosia bo'lsangiz, iltimos, viza suhbatini belgilamang va hech qanday viza to'lovlarini amalga oshirmang. Agar siz suhbatga qirish kunini avvalroq begilab qo'ygan bo'lsangiz, ushbu suhbatga kelmang, chunki biz siz bilan viza suhbatini o'tkaza olmaymiz. Shuni nazarda tutish lozimki, rasmiy hukumat maqasadlari, belgilangan xalqaro tashkilotlar nomidan rasmiy ish yuzasidan yoki Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti bog'liq rasmiy maqsadlari uchun muayyan safarlarga yoki muayyan mulozimlariga ushbu farmon shartlari taalluqli emas.
21-07-2017, 11:55