Green Card ishtirokchilari arizalari bekor qilindi

Texnik sabablarga ko'ra, barcha arizalar bekor qilindi. Kentukki shahridagi "Green Card" ning bosh ofisi buning uchun uzr so'raydi. Barcha foydalanuvchilarimiz ularga berilgan tasdiqlash raqamini o'chirishini so'raymiz, chunki ular endi haqiqiy emas.

Green Cardni yangi ro'yxatdan o'tkazish 18 oktyabr kuni boshlanadi va 22 noyabrga qadar davom etadi. Lotereya natijalari 2018 yil 15 may kuni e'lon qilinadi.

Saytimiz orqali ishtirok etgan ishtirokchilar ikkinchi marotaba anketa to'ldirishlari shart emas chunki bizda ularning ma'lumotlari mavjud va biz 18-oktabrdan boshlab ushbu anketalarni qaytadan ro'yxatdan o'tkazamiz.

Texnik nuqson, Kentukki shtati Green Cardning bosh idorasida ro'yxatdan o'tish ma'lumotlar bazasiga ta'sir ko'rsatdi. Biz bunga javobgar emasmiz. 

Agar lotereyada xatosiz ishtirok etishni istasangiz birinchi navbatda to'ldirayotgan anketangizdagi rasmga etiborli bo'lishingizni so'raymiz. Chunki AQSh departamenti ushbu qoidalarga jiddiy e'tibor qaratadi va xar qanday talabga mos kelmaydigan rasmni joylashtirgan ishtirokchini Green Card o'yinlaridan chetlashtiradi. Qanday qilib rasmni to'g'ri yuklash va u haqida to'liq malumotni ushbu bo'lim orqali bilib olishingiz mumkin.

Endilikda saytimiz orqali ishtirok etgan xar bir ishtirokchiga o'zlarining ishtirok etganliklarini tasdiqlovchi raqam yani "confirmation number" taqdim etiladi. Bunday imkoniyat va tezkor ma'lumotlar faqat bizning saytda! Bizni kuzatib borishda davom etin!

Lotereyada qanday qilib ishtirok etish haqidagi murojaatlaringizga saytimizning SAVOLLAR bo'limi orqali javob topishingiz mumkin.

Saytimi orqali o'tkazilayotgan aksiyani o'tkazib yubormang!
скачать dle 11.3
15-10-2017, 13:49